Odam savdosi qurboni bo‘lgan chaqaloq esa vasiylik organlariga topshirildi.

Foto: Goole

Qashqadaryolik B.A. shu yilning 8-oktabr kuni qiz farzand ko‘rib, 5 kunlik chaqaloqni 13-oktabr kuni Gulistonda tezkor tadbirga “xaridor” sifatida jalb etilgan Sirdaryo viloyati IIB xodimiga 5000 AQSh dollariga sotishga kelishgan.

Shundan so‘ng, bolani unga topshirib, IIB xodimidan oldindan kelishilgan, maxsus kimyoviy ishlov berilgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Sud barcha holatlarni o‘rganib chiqib, B.A.ga besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi va odam savdosi qurboni bo‘lgan go‘dak vasiylik organlariga topshirildi.