Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston 2021-yilning yanvar—noyabr oylarida qaysi davlatlarga yengil avtomobil eksport qilganini ma’lum qildi.

Foto: Google

Qayd etilishicha, eng ko‘p avtomobil qo‘shni Qozog‘istonga eksport qilingan — 28 651ta. Keyingi o‘rinlardan Ukraina (744ta) va Rossiya (448ta) joy olgan. Keyingi pog‘onalar quyidagicha:

  • Ozarbayjon — 253ta;
  • Afg‘oniston — 128ta;
  • Tojikiston — 72ta;
  • Qirg‘iziston — 30ta.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yanvar–noyabr oylarida xorijdan 503 million dollarlik 23 155ta avtomobil import qilgan. Shu davr ichida Xitoydan — 6963 ta, Janubiy Koreyadan esa 5630ta yengil avtomobil olib kelingan. Import hajmi 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 179 taga kamaygan.