Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich qizi, mamlakat madaniyat vaziri Ayshat Qodirova “Chechenistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Ma’lum qilinishicha, Ayshat Qodirovaning ushbu unvonga sazovor bo‘lgani haqida Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va matbuot bo‘yicha vaziri Axmed Dudayev ma’lumot byergan.

“Men Checheniston respublikasi madaniyat vaziri Ayshat Ramzanovna Qodirovani o‘ziga ishonib topshirilgan sohada ‘Chechenistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi’ unvoni bilan taqdirlangani bilan chin qalbimdan tabriklayman”, deb yozgan Dudayev Instagram’dagi sahifasiga.

Ayshat Qodirova 1998-yil 31-dekabrda tug‘ilgan. U Checheniston davlat universitetini tamomlagan, 2016-yildan buyon “Firdavs” moda uyining direktori, 2020-yilning sentabridan Checheniston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlashni boshlagan.

Avvalroq, Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov ikkinchi qizi Xadijat Qodirovani “Checheniston respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlagan edi.