Bugun, 29-dekabr kuni Namangan va Andijon aeroportlarida samolyotlar qalin tuman sabab parvozni amalga oshirolmadi, deya xabar berdi “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.

Foto: “Uzbekistan Airways” axborot xizmati

Qalin tuman ko‘rish masofasini 50 metrgacha tushirdi. “Ural” aviakompaniyasining Qozondan parvoz qilayotgan SVR2161 reysi soat 08:48da Namanganga qo‘na olmay, Toshkentdagi muqobil aerodromga jo‘nab ketdi.

Yana bir HY-622/621 reysi ham ob-havo sharoiti tufayli Namanganga qo‘na olmay, Farg‘onadagi muqobil aerodromga jo‘nab ketdi.

Andijon aeroportida ham xuddi shunday holat sodir bo‘ldi. Uzbekistan airways aviakompaniyasining Moskvadan uchayotgan HY-622/621 reysi soat 10:45da belgilangan aeroportga qo‘na olmadi. Natijada, Farg‘onadagi boshqa aerodromga jo‘natildi.

Meteorologiya xizmati prognozlariga ko‘ra, ushbu aeroportlar ob-havo sharoiti tufayli taxminan soat 14:00gacha yopiladi. Rejalashtirilgan barcha reyslar yeng yaqin muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.