Joriy yilning yanvardan to noyabr oylarigacha respublikada 16 822 egizak tug‘ilgani qayd etildi, ya’ni bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 376taga ko‘pdir. Bu haqda Statistika qo‘mitasining xabar berdi. 

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

Mintaqalar bo‘yicha tug‘ilgan egizaklar soni bo‘yicha Samarqand birinchi o‘rinda — 2154,  Andijon ikkinchi o‘rinda  —1797, Qashqadaryo uchinchi – 1716, aholisi eng ko‘p bo‘lgan Toshkent shahri esa to‘rtinchi o‘rinda—1405. Eng kam egizaklar tug‘ilgan viloyat  Sirdaryo — 499ta.

Oldinroq, O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2 foizga ko‘payib, 35 milliondan oshgani xabar qilingandi.