Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston 2021-yilning 11 oyida 16 ta xorijiy davlatlarga qiymati 12,3 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan 16,1 ming tonna anor eksport qilgan.

Foto: Google

Anor eksporti 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 ming tonnaga oshgan.

O’zbekiston eng ko’p anor eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 6 ming tonna;
  • Qozog’iston – 5,6 ming tonna;
  • Qirg’iz R. – 2,1 ming tonna;
  • Tojikiston – 1,2 ming tonna;
  • Ukraina – 477 tonna.

Shuningdek, xorijga eng ko’p anor eksport qilgan hududlar:

  • Farg’ona viloyati – 5,5 ming tonna;
  • Surxondaryo viloyati – 3,1 ming tonna;
  • Toshkent viloyati – 2,1 ming tonna;
  • Xorazm viloyati – 1,3 ming tonna.