Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 863,1 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan qariyb 1,4 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.

oziq ovqat bozor rasta meva
Foto: Brend

O’zbekiston 2021-yilning 11 oyida eng ko’p meva va sabzavotlar eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog’iston – 587 ming tonna;
  • Rossiya – 375 ming tonna;
  • Qirg’iz R. – 123 ming tonna;
  • Xitoy – 99 ming tonna;
  • Afg’oniston – 31 ming tonna;
  • Ukraina – 29 ming tonna;
  • Pokiston – 29 ming tonna;
  • Turkmaniston – 26 ming tonna;
  • Belarus R. – 14 ming tonna;
  • Turkiya – 13 ming tonna;
  • Eron – 9,8 ming tonna;
  • Ozarbayjon – 8,5 ming tonna;
  • BAA – 4,6 ming tonna;
  • Germaniya – 4 ming tonna.