Marg‘ilon shahrida ko‘p qavatli xonadonlardan birida yashovchi fuqaro o‘z uyida sodir bo‘lgan yong‘inda kuyish oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati FVB axborot xizmati xabar bermoqda. 

Foto: FVV axborot xizmati

Qayd etilishicha, bugun soat 10:31da Marg‘ilon shahar 7-YoQK bo‘limiga Marg‘ilon shahar “Alisher Navoiy” MFY Mustaqillik ko‘chasi 525- uy, 40-xonadonda yong‘in bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Yong‘in-qutqaruvchilar voqea joyiga 10:34da yetib borib, 10:36da yong‘in o‘rab olinib, 10:38da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan uyning 4 m² da uy jihozlari yongan. 53 m² maydoni saqlab qolingan. 

Sodir bo‘lgan yong‘inda uy egasi fuqaro A.K. kuyish natijasida voqea joyida vafot etgan.

Yong‘in xonadon egasi tomonidan nosoz elektr kabellaridan belgilanmagan tartibda uyning pol qismidagi gilam to‘shamasi ustidan tortilganligi, elektr kabelga me’yoridan ortiq yuk tushgani natijasida kelib chiqqani aytilmoqda.