2021-yilning 28-dekabrida UzAuto Motors’ning Ozarbayjonning Hajigabul shahrida Damas, Labo, Lacetti, Tracker va Malibu avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: UzAuto Motors

Ishlab chiqarish “Azermash CP” MChJ QK zavodining ishlab chiqarish quvvatlarida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu yerda joriy yilning sentyabr oyidan buyon Chevrolet Nexia va Cobalt avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Barcha mahsulotlar General Motors (AQSh) tomonidan o‘rnatilgan jahon standartlariga muvofiq ishlab chiqariladi.

“Ushbu yo‘nalishda keyingi qadam Ozarbayjondagi Chevrolet avtomobillari portfoliosini yangi perspektiv avtomobil modellari bilan to‘ldirish shuningdek, kelgusi yillarda ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich oshirish: 2022 yil oxiriga kelib, yiliga kamida 5000 ta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga erishish rejalashtirilgan”, – deyiladi xabarda.

Boku shahri yaqinida joylashgan Hajigabul sanoat kvartali tarkibiga kiruvchi “Azermash CP” — “AVTOSANOAT INVEST” MChJ (O‘zbekiston) va “STA INSAAT” MChJ (Ozarbayjon) tomonidan tashkil etilgan qo‘shma kompaniya hisoblanadi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq “UzAuto Motors” eng xaridorgir avtomobillarga arizalar qabul qilishni to’xtatgani haqida xabar bergan edik.