Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi natijasida transport harakati izdan chiqib, minglab xonadonlar elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda The Watchers xabar bermoqda.

Foto: AP

Yapon dengizi sohillarida yetti kundan beri qor yog‘moqda. Hukumat aholiga zaruratsiz uydan chiqmaslikni tavsiya qilmoqda. 

Aomori prefekturasida qorning balandligi 200 santimetrga yetgan.

Mamlakatning ayrim qismlarida parvozlar bekor qilindi va transport harakati izdan chiqdi. 3200dan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qolgan.