2022-yilning 1-yanvaridan boshlab noqonuniy mehnat migrantlari Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Bu haqda mamlakat IIV ma’lum qildi.

Footo; Google

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, bunday shaxslarni ishga jalb etgan ish beruvchilar har bir noqonuniy migrant uchun 800 ming rublgacha jarima to‘laydi.

“Noqonuniy ravishda mehnat faoliyatini amalga oshirganlik uchun xorij fuqarolariga jarimadan tashqari (5 ming rublgacha) Rossiyadan chiqarib yuborish va qaytib kirishga taqiq qo‘yish bilan bog‘liq choralar ko‘riladi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 700 mingdan ortiq MDH fuqarolari noqonuniy ravishda bo‘lib turibdi.

Avvalroq, Rossiya 120 ming nafar tojikistonlikdan mamlakatga kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlagani xabar berilgandi.