Bugun Sankt-Peterburgda MDHning norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi. Hamdoʻstlik mamlakatlari yetakchilari allaqachon Rossiyaning shimoliy poytaxtiga yetib kelishgan.

Foto: O’zA

Vladimir Putin va Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtmoqda. Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyevning avvalgi uchrashuvi shu yilning 30-iyun kuni Kremlda bo‘lib o‘tgan edi. 

Bu safar Nursulton Nazarboyev Vladimir Putinning taklifiga binoan Sankt-Peterburgga MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun kelgan. Sammit Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkil etilganining 30 yilligi shafeligida o‘tkazilmoqda.

“Kelganingiz uchun rahmat. Har doim hamkasblar bilan birga, biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini rivojlantirishga oid har qanday masala bo‘yicha yig‘ilganimizda, bu g‘oya sizga tegishli ekanini eslaymiz. Ko‘p yillar davomida ushbu ittifoq va uning harakatlantiruvchi kuchini yaratish tashabbuskori bo‘lganingiz uchun barchamiz sizdan juda minnatdormiz”, degan Rossiya yetakchisi.

Vladimir Putinning qoʻshimcha qilishicha, koronavirus pandemiyaning birinchi yilida, eng qiyin boʻlganiga qaramay, Rossiya va Qozogʻiston jiddiy iqtisodiy tanazzulning oldini olishga muvaffaq boʻlgan. 2021-yilning to‘qqiz oyida esa 30 foizga o‘sishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu yilgi sammitda Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Armaniston, Belarus, shuningdek, Moldova ishtirok etmoqda – bu davlat Ittifoqda kuzatuvchi davlat hisoblanadi.