“Omikron” shtammi Turkiyada tarqalmoqda, buning natijasida mamlakatda kasallanganlar soni tez o’sishni boshladi. Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Google

Ushbu ma’lumotlarga ko’ra, bir kun oldin 26 mingdan ortiq infeksiya holati aniqlangan bo’lsa, noyabr oyida mamlakatda har kuni kasallanish 20 ming holat darajasida saqlangan.

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Kojaning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi COVID-19 holatlarining 10 foizdan ortig‘i 11-dekabrda birinchi marta aniqlangan omikron shtammi sabab bo‘lgan.

Avvalroq, AQSh olimlari koronavirus inson tanasining aksariyat aʼzolariga , jumladan yurak va miyaga kirib, u yerda yetti oydan ortiq saqlanishi mumkinligini aytishgandi.