Sal avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Foto: RIA Novosti

Unga ko’ra, bugun 28-dekabr kuni soat 17:50larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Temur Malik va Do‘rmon yo‘li ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1978-yilda tug‘ilgan G.Sh. boshqaruvidagi “Nexia-3” hamda haydovchi, 1996-yilda tug‘ilgan R.O. boshqaruvida bo‘lgan “Nexia-1” rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida haydovchi G.Sh.ga birinchi tez-tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.