2022/2023 o‘quv yilidan moliyaviy mustaqil davlat oliy ta’lim muassasalariga Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning qator vakolatlari o‘tkaziladi.

Foto: Google

Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning quyidagi vakolatlari ta’lim muassasalariga o‘tkaziladi:

•    chet el fuqarolari o‘qishini xorijdan davlat OTMlariga ko‘chirish;
•    qabul komissiyalari tarkibi, imtihon fanlarini tasdiqlash;
•    amaliyot o‘tashni tasdiqlash;
•    kiyim-boshga doir talablarni belgilash.

OTMlarda hisobotlarni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechiladi va Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi: 

1-bosqichda – 2022-yil 1-martgacha quyidagilar joriy qilinadi:

•    “O‘quv jarayonini boshqarish” qismi (davomat, o‘zlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallari raqamlashtiriladi);
•    “Ilmiy jarayonni boshqarish” qismi;
•    “Ma’muriy jarayonni boshqarish” qismi;
•    “Moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish” qismi;

2-bosqichda – 2022-yil 1-maygacha:

•    “Ta’lim sifatini nazorat qilish” qismi joriy qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident qarori bilan 35ta OTMga moliyaviy mustaqillik berilishi belgilandi.