Avvalroq, 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga borishi haqida xabar berilgandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 28-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mustaqil davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo’nab ketdi.

Sammitda yetakchilar yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilib, hamkorlikni rivojlantirishning kelgusidagi ustuvor yo’nalishlari yuzasidan fikr almashadilar.