Xitoy-Rossiya chegarasida mingdan ortiq yuk mashinalari to‘planib qolgan, shu sababli sovg‘alarning bir qismini o‘z vaqtida Rossiyaga yetib kelmasligi mumkin, deb yozmoqda “Izvestiya” nashrida.

Foto: RIA novosti

Rossiya-Xitoy chegarasida to‘rtta nazorat-o‘tkazish punkti yopilganligi sababli minglab yuk mashinasi to‘planib qolgan.

Takidlanishicha, dekabr oyi boshida beshta nazorat punktidan to‘rttasi yopilgan. Shu bilan birga, oziq-ovqat yuk mashinalari birinchi navbatda “Suyfenhe” yagona ochiq chegara punkti orqali o’tadi.

Boshqa yuk ortilgan mashinalar bir necha haftadan beri chegara yaqinida turibdi. Ular orasida bayram tovarlari ham borligi aytishmoqda.

FCS, o’z navbatida, 13dan 26-dekabrgacha kuzatilgan avtomobillar tirbandligini ahamiyatsiz deb atagan. Bugunga kelib chegarada 150ta mashina navbatda tirishmoqda.

Rossiya Transport vazirligi Xitoy chegaralarida yuk mashinalari oʻz vaqtida tekshirilayotganini taʼkidlagan.