Rossiya Oʻzbekiston hukumatiga 2023-yilda respublikada oʻtkaziladigan aholini roʻyxatga olishni tashkil etishda yordam beradi.

farmon qaror Tasdiqlash kelishuv imzo
Foto: Sof.uz

“Rossiya oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashadi va Oʻzbekistonda 2023-yilda boʻlib oʻtadigan aholi roʻyxatiga tayyorgarlik koʻrishda yordam beradi”, dedi Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Oleg Malginov matbuot anjumanida.

Diplomatning so’zlariga ko’ra, butun Rossiya aholisini ro‘yxatga olish 2021-yil 15-oktabrdan 14-noyabrgacha, jumladan, raqamli formatda ham o‘tkazilgan. Bu esa, O‘zbekistonda mutaxassislarga tajriba bo‘lishi mumkin.