Rossiya IIV 120 ming nafar Tojikiston fuqarosining mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda Aziya-Plyus xabar berdi.

Foto: Uznews

“Hozirda Rossiya tomonidan «amnistiya» qilingan fuqarolar ro‘yxatini taqdim etish ustida ish olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Tojikiston fuqarolari migratsion amnistiyaga tushgani haqida Rossiya IIVning Tojikistondagi vakili Aleksey Yegorov ma’lum qilgan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon uchrashuvida tojikistonlik migrantlarning Rossiyada yashashga moslashuvi muhokama qilingani aytilgandi.