Bugun, 28-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati xabar qildi

“Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Rossiyaning shimoliy poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar o‘rin olgan.