Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan O’zbekistonga qiymati 121,4 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan 2,5 mln. tonna tsement import qilingan.

Foto: Google

Bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 286,4 ming tonnaga ko’p.

2021-yilning 11 oyida O’zbekiston tsement import qilgan asosiy davlatlar:

  • Qozog’iston – 1,1 mln. tonna;
  • Tojikiston – 722,2 ming tonna;
  • Qirg’iz R. – 642,5 ming tonna;
  • Eron – 53,1 ming tonna;
  • Turkmaniston – 35,6 ming tonna.

Shuningdek statistika qo’mitasi, O’zbekiston 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan eng ko’p sement import qilgan hududlar:

  • Toshkent shahri – 1,2 mln. tonna;
  • Farg’ona viloyati – 433 ming tonna;
  • Andijon viloyati – 371 ming tonna;
  • Namangan viloyati – 160 ming tonna;
  • Surxondaryo viloyati – 124 ming tonna;
  • Toshkent viloyati – 99 ming tonna;
  • Jizzax viloyati – 73 ming tonna;
  • Samarqand viloyati – 26 ming tonna;
  • Buxoro viloyati – 12 ming tonna;
  • Qashqadaryo viloyati – 10 ming tonna;
  • Sirdaryo viloyati – 8 ming tonna.