Kecha, 27-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 198 487 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 100 kishida koronavirus qayd etilgan va bu joriy yilning 15-martidan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Yangi kasallanish holatlarining:
- 10 nafari Andijon viloyatida;
- 7 nafari Buxoro viloyatida;
- 2 nafari Jizzax viloyatida;
- 9 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 4 nafari Namangan viloyatida;
- 12 nafari Samarqand viloyatida;
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 7 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 10 nafari Xorazm viloyatida;
- 1 nafari Toshkent viloyatida;
- 35 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 6 nafar;
- Buxoro viloyatida 12 nafar;
- Jizzax viloyatida 6 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 7 nafar;
- Navoiy viloyatida 2 nafar;
- Namangan viloyatida 6 nafar;
- Samarqand viloyatida 18 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 5 nafar;
- Xorazm viloyatida 12 nafar;
- Toshkent viloyatida 23 nafar;
- Toshkent shahrida 46 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 195520 (+143) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1484 nafarni tashkil qildi.