O‘zbekiston va Rossiya adliya vazirliklari o‘rtasida 2022-yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.

farmon qaror Tasdiqlash kelishuv imzo
Foto: Sof.uz

Adliya vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, hujjat kecha O‘zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Rossiya adliya vaziri Konstantin Chuychenko tomonidan videokonferensiya shaklida imzolangan.

Hamkorlik dasturida qonunchilikni takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish tartibini raqamlashtirish, qonun hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish, tartibga solish siyosati («tartibga solish gilyotinasi» mexanizmini amalga oshirishda), sud ekspertizasi va boshqa sohalarda tajriba almashish bo‘yicha tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Hujjat ikki davlat adliya organlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni taʼminlashga qaratilgan.

Imzolash marosimi yakunida tomonlar hamkorlik dasturining samarali amalga oshirilishiga umid bildirdi.

Maʼlumot uchun, mazkur hamkorlik dasturi O‘zbekiston adliya vazirligi va Rossiya adliya vazirligi o‘rtasida 2004-yil 22-iyuldagi Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim asosida imzolandi.