Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston 2021-yilning 11 oyida 13ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,4 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan 4,4 ming tonna limon eksport qilgan.

Limon eksporti 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 ming tonnaga kamaygan.
O’zbekiston eng ko’p limon eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 2,5 ming tonna;
- Qozog’iston – 1,4 ming tonna;
- Qirg’iz R. – 445 tonna;
- Ukraina – 3 tonna;
- Afg’oniston – 2,2 tonna.
Shuningdek xorijga eng ko’p limon eksport qilgan hududlar:
- Toshkent viloyati – 1,3 ming tonna;
- Farg’ona viloyati – 1,2 ming tonna;
- Namangan viloyati – 272 tonna;
- Buxoro viloyati – 210 tonna.