Isroil Rossiyaning Xmeymim aviabazasi joylashgan Latakiyaga hujum qildi, deya xabar bermoqda Suriya davlat televideniyesi.

Foto: RIA Novosti

“Bugun, mahalliy vaqt bilan taxminan 03:21 (O’zbekiston vaqti bilan 06:21)da Isroil dushmani Latakiya shahrining gʻarbdagi Oʻrta yer dengizi atrofida joylashgan savdo portidagi konteyner maydonini nishonga olgan holda havo raketalari bilan hujum uyushtirdi”, — deyiladi telekanal xabarida.

Qayd etilishicha, voqea joyida yong‘in kelib chiqqan, katta hajmdagi moddiy zarar yetkazilgan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylar hujumni qaytarish uchun Suriya havo hujumidan mudofaa tizimlaridan foydalangan.