Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligidagi delegatsiya xalqaro tajribani o‘rganish va ikki davlat ta’lim tizimida hamkorliklarni yo’lga qo’yish maqsadida 20-23 dekabr kunlarida Hindistonda bo’ldi va birinchi navbatda Hindistonning Ta’lim vaziri o‘rinbosari Anita Karval bilan uchrashdi.

Foto: Pexels

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik muhokama etildi:

  • Hindiston va O‘zbekiston o‘qituvchilarining o‘zaro tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
  • Elektron ta’lim kontentlari bilan almashish;
  • Ikki mamlakat o‘quvchilari o‘rtasida matematika, shaxmat, robototexnika hamda dasturlash bo‘yicha bir yil O‘zbekistonda, bir yil Hindistonda musobaqa o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ta’lim tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida kelgusida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan keng qamrovli kelishuvlarga erishilgan.