Eron prezidenti Ibrohim Raisi kelasi yil boshida Rossiyaga tashrif buyuradi, dedi Eron hukumati matbuot kotibi Ali Bahodoriy.

“Raisi Yangi yil boshida Rossiyaga boradi, ayni damda prezidentning siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari tashrif rejasini tuzmoqda”, – deya ta’kidlagan Bahadoriy.

Tashrif chog‘ida Raisi Moskva va Tehron o‘rtasidagi ikki tomonlama va savdo-iqtisodiy hamkorlikka oid masalalarni muhokama qilmoqchi.

Avvalroq, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko amaliy tashrif bilan Rossiyaga kelgandi. Sankt-Peterburgda u MDHning norasmiy sammitida ishtirok etadi.