Gallup International assotsiatsiyasi mustaqil tadqiqot agentliklari o‘tkazgan global so‘rov asosida dunyo mamlakatlari reytingini tuzdi. Tadqiqot 45 mamlakatni qamrab olgan, ular orasida O‘zbekiston yo‘q.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

GIA “Baxt indeksi”da yuqori o‘rinlarni Kolumbiya (+79), Qozog‘iston (+76), Albaniya (+74), Malayziya (+73) va Ozarbayjon band etdi.

Eng past o‘rinlarni Gana (+2), Afg‘oniston (+9), Gonkong (+11), Iroq (17) va Rossiya (+18) band etdi, deyiladi tadqiqotda.

Shuningdek, «Umid indeksi» (Hope Index)da eng yaxshi va eng yomon ko‘rsatkichga ega mamlakatlar nomi ham ma’lum qilindi.

Optimist-mamlakatlar yetakchi beshligiga Indoneziya (+72), Albaniya (+65), Ozarbayjon (+53), Nigeriya (+51), Meksika va Vetnam (har ikkisida bir xil +47 ball) kiritilgan.

Umidsiz-mamlakatlar beshligida esa Turkiya (-34), Bolgariya (-34), Afg‘oniston (-32), Polsha (-30) va Chexiya (-25)ni ko‘rish mumkin.