Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida qalbaki valyuta qimmatliklarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Xabarga ko’ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan qalbaki valyuta qimmatliklarining muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida, DXX va DBQ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar O‘.T., M.Sh. va A.S.lar qalbaki 5 000 AQSh dollarini fuqaro L.ga 4 000 AQSh dollariga o‘tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.