Afg‘onistonning odob-axloq targ‘iboti va illatlarning oldini olish vazirligi transport vositalari egalari uchun yangi qoida chiqardi, unga ko‘ra, 72 kilometrdan olis masofaga ayollarni erkak qarindosh hamrohligisiz eltish taqiqlanadi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Foto: JAVED TANVEER/AFP

Vazirlik vakili Sodiq Oqif Muhojirning ta’kidlashicha, hamrohlik qiluvchi erkak kishi yaqin qarindosh bo‘lishi shart.

“Tolibon” shuningdek, transport vositalari egalariga faqat hijobdagi ayollarga xizmat ko‘rsatish haqida ko‘rsatma bergan.

Bundan tashqari, jamoat transportida musiqa qo‘yish man etiladi.

Shuningdek, toliblar Afg‘onistondagi to‘ylarda jonli musiqani taqiqlab, erkaklar va ayollar turli zallarda bayram qilishlari kerakligi aytilgan.