Avvarloq, “Taxtaqoracha” dovonida tinimsiz qor yog’ishi oqibatida yo’lning yuza qismida muzlamalar hosil bo’lganligi bois, avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan haqida xabar bergan edik.

Foto: Google

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan yo’lga qum-tuz aralashmasini sepish va qordan tozalash ishlarini muvofiqlashtirib borgan.

“Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida bugun, 27-dekabr kuni soat 08:30da “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi”, – deyiladi FVV axborot xizmati xabarida.