Sirdaryo viloyati hokimligi 477 mln. 900 ming so‘mga “KIA Sorento Comfort” avtomobilini xarid qildi. Tegishli shartnoma Davlat xaridlari portaliga joylashtirilgan.

Foto: Google

Shartnoma joriy yilning 21-dekabr kuni OOO  “Roodell” kompaniyasi bilan tuzilgan. Mashina 10 kun davomida yetkazib berilishi kerak.

Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hokimligi 398 mln. so‘mga “Trailblazer” rusumli avtomobil sotib olgandi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 apreldagi 258-son qarori bilan “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish me’yorlari” tasdiqlangan. Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining xizmat mashinalari narxlari BHMning 2000 baravaridan (490 mln so‘m), dvigatel eng yuqori quvvati 4000 sm kubdan oshmasligi lozim.