Qashqadaryo viloyat prokuraturasining xabariga ko’ra, viloyatning ikki tumaniga yangi prokurorlar tayinlandi.

Foto: Uzreport

Xabarga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya maslahatchisi Murodov Tog‘murod Joniqulovich Qarshi tuman prokurori lavozimiga tayinlandi.

T. Murodov tayinlovga qadar Kitob tumani prokurori lavozimida ishlagan.

Shunindek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya maslahatchisi Temirov Sobirjon Nurboyevich Kitob tuman prokurori lavozimiga tayinlandi.

S. Temirov tayinlovga qadar Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani prokurori lavozimida ishlagan.