Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida O’zbekiston 13ta xorijiy davlatlardan qiymati 53,2 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan 455,8 ming tonna kartoshka import qilgan.

Kartoshka importi o’tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 74,2 ming tonnaga oshganligi ma’lum bo’ldi.
2021-yilning o’tgan 11 oyida O’zbekiston eng ko’p kartoshka import qilgan davlatlar:
- Qozog’iston – 150 ming tonna;
- Eron – 136 ming tonna;
- Pokiston – 128 ming tonna;
- Qirg’iz R. – 24 ming tonna;
- Niderlandiya – 11 ming tonna;
- Rossiya – 4,5 ming tonna;
- Frantsiya – 616 tonna.
Shuningdek, 2021-yilning o’tgan 11 oyichida O’zbekiston 11 ta davlatga qiymati 9 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan 56,8 ming tonna sabzi eksport qilgan.
Sabzi eksporti o’tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,9 ming tonnaga ko’p.
O’zbekiston sabzi mahsulotini eng ko’p eksport qilgan davlatlar:
- Qozog’iston – 33,9 ming tonna;
- Qirg’iz R. – 19,2 ming tonna;
- Rossiya – 3,2 ming tonna;
- Tojikiston – 322,5 tonna;
- Belarus – 10,3 tonna.
Hamda ushbu davlatlarga eng ko’p sabzi eksport qilgan hududlar:
- Andijon viloyati – 2,9 mln;
- Toshkent viloyati – 1,2 mln;
- Qoraqalpog’iston R. – 1,2 mln;
- Farg’ona viloyati – 917 ming.