Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Oqdaryo tumaniga hokim etib tayinlanishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgandi.

Foto: RIA Novosti

O‘tgan hafta boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Oqdaryo tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan Sulaymonov Najmiddin Baxriyevich O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘iga asosan Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Oqdaryo tumaniga hokim etib tayinlanishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgandi.

Bugun ushbu vazifaga shu paytgacha Narpay tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Shodiyev Jasurbek Mamarayimovich tayinlandi.