Moskvadagi Kiyevskoe magistral yo’lining 34-kilometrida yoqilg‘i tashuvchi avtomobil yonib ketdi, va ushbu yo’lda avtomobil harakatlanishi qitinlashdi, deb xabar berdi Moskva transport departamenti.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Kiyevskoe magistral yo’lining 34-kmd.da yoqilgʻi tashuvchi avtomashinada yongʻin chiqqan va voqea joyiga favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan ishchi guruh yetib borgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, baxtsiz hodisa tufayli 304, 304k, 309, 490, 1001, 1002, 1031, 304k avtobuslari kechikkan.

“Kiyevskoe shossesida har ikki yo‘nalishda harakat to‘sib qo‘yilgan, yo‘l potrul xodimlari Borovskoe magistral yo’li bo‘ylab transport vositalarini boshqa tomonga yo‘naltirmoqda”, – deyiladi xabarda.

Suyultirilgan gaz olib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lganligi sababli jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q. Hozirda Kiyev magistral yo’lida har ikki yo‘nalishda ham harakat toxtatib qo’yilgan.