Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” tog’-chang’i dam olish maskanida “Amirsoy Ekspress” yangi dor yo’li rasman ishga tushirildi.

“Amirsoy Ekspress” tashrif buyuruvchilarni avtomobil yo’lidan to’g’ridan-to’g’ri dam olish maskaniga yetkazib qo’yadi, bu esa uzoq masofali tog’yo’lini chetlab o’tib haydovchilar uchun 5 km.ga masofani qisqartiradi.

Qayd etilishicha, dor yo’li 10 kishilik sig’imga ega 74ta (kabina)dan iborat. Uning umumiy uzunligi 2913 metr bo’lib, soatiga 2400 kishini tashish quvvatiga ega. Sayohat vaqti 9 daqiqani tashkil etadi. Mazkur obyekt joriy yilning 1-mayidan 15-dekabrigacha bo’lgan qisqa davrda qurib bitkazildi. Investitsiyalarning umumiy qiymati 15,2 mln. yevroni tashkil etgan.

Shuningdek, Bo’stonliq tumanida xalqaro standartlarga javob beradigan tog’-chang’i dam olish maskanini yaratish loyihasini amalga oshirishning ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik ko’rilmoqda. Loyiha doirasida 200 va undan ortiq xonali 4 yulduzli va 3 yulduzli mehmonxonalar ijaraga berish punktlari, yozgi basseyn va faol mavsumiy dam olish joylari qurishi rejalashtirmoqda.