“Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–60-son, 24.12.2021 y.) qabul qilindi.

Foto: Google

Qarorga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan moliyaviy mustaqil davlat OTMlariga quyidagi vakolatlar berildi:

  • akademik mustaqillik sohasida:
  • o‘quv rejalari, dasturlari, malaka talablarini tasdiqlash, ta’lim shaklini belgilash;
  • o‘qish davomiyligi muddatini belgilash;
  • doktorantura kontrakti miqdorini belgilash, o‘z hisobidan grant ajratib doktoranturaga kvotaga qo‘shimcha qabul qilish;
  • doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
  • magistratura uchun sirtqi, masofaviy va kechki ta’limni joriy etish;
  • akademik mobillikni amalga oshirish;
  • o‘z grifi asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
  • ta’lim sifatini ichki nazorat qilish.

Tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida:

  • tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish;
  • muassasa tuzilmasini tasdiqlash va shtatini belgilash;
  • yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni ochish, amaldagilarini tugatish;
  • masofaviy ta’limni ochish.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning quyidagi vakolatlari ta’lim muassasalariga o‘tkaziladi:

  • chet el fuqarolari o‘qishini xorijdan davlat OTMlariga ko‘chirish;
  • qabul komissiyalari tarkibi, imtihon fanlarini tasdiqlash;
  • amaliyot o‘tashni tasdiqlash;
  • kiyim-boshga doir talablarni belgilash.

2022-yil yakunigacha barcha davlat OTMlarning o‘quv adabiyotlari to‘liq elektronlashtiriladi va yagona “Elektron kutubxona” platformasi ishga tushiriladi.

OTMlarda hisobotlarni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechiladi va Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi:

1-bosqichda – 2022 yil 1 martgacha quyidagilar joriy qilinadi:

  • “O‘quv jarayonini boshqarish” qismi (davomat, o‘zlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallari raqamlashtiriladi);
  • “Ilmiy jarayonni boshqarish” qismi;
  • “Ma’muriy jarayonni boshqarish” qismi;
  • “Moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish” qismi;

2-bosqichda – 2022 yil 1 maygacha:
“Ta’lim sifatini nazorat qilish” qismi joriy qilinadi.