“Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–61-son, 24.12.2021 y.) qabul qilindi.

Foto: Xalq so’zi

Qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat OTM ro‘yxati (35ta) tasdiqlandi.

Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari 2022-yil 1-yanvardan quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi:

  • kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
  • mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
  • o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
  • xorijiyan o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish;
  • bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash;
  • avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash.

Shuningdek qarorga ko‘ra, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat OTM xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.