Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Gentra” rusumli avtomobil haydovchisi o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib “drift” qilgan videosi tarqaldi va keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgandi.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Qayd etilishicha, ushbu holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, transport vositasi haydovchisi aniqlandi va unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

“Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘raymiz”, – deyiladi YHXBB axborot xizmati xabarida.