Bugun, 26-dekabr kuni soat 11:00dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining Taxtaqorcha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Google

Qayd etilishicha, buning asosiy sababi M-39 avtomobil yo‘lining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi.

Shuningdek, muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib zaruriy choralar koʻrilmoqda.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

“Taxtaqorcha dovonini qayta ochilishi bo’yicha FVV Matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi”, – deyiladixabarda.