Qashqadaryo viloyatida yuk mashinasi to‘liq yonib ketdi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, bugun, 26-dekabr kuni soat 8:55larda Qarshi shahar FVBga Qarshi-G‘uzor avtomobil yo‘lining 6-kilometrida yuk mashinasi yonayotgani haqida xabar tushgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga soat 9:05 larda Qarshi shahar FVBdan 2ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi yetib borgan. Soat 09:30larda yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida Chiroqchi tumani To‘qmor qishlog‘ida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro N.S.ga tegishli “MAN” rusumli yuk mashinasi to‘liq yonib ketgan.

Qayd etilishicha, yong‘inda hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Samarqandda ham “MAN” yuk mashinasi yonib ketgani xabar qilingandi.