Gretsiya sobiq prezidenti Karolos Papulyas 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda Afina-Makedoniya yangiliklar agentligi xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Papulyas — taniqli grek siyosatchisi, mamlakatning 2005–2015-yillardagi prezidenti, “Butungrek sotsialistik harakati” partiyasining taniqli namoyandasi, tashqi ishlar vaziri (1985–1989 hamda 1993–1996-yillar).

Karolos Papulyas 1929-yilning 4-iyunida Gretsiya shimoli-g‘arbidagi Yanina shahrida tavallud topgan. Ikkinchi jahon urushi yillari, o‘smirlik davrida, Qarshilik harakatida qatnashgan. 1967-1974 yillardagi harbiy davrida diktaturaga qarshi kurashda qatnashgan.

Papulyas Ulug’ Vatan urushidagi G’alaba munosabati bilan Sovet va Rossiya esdalik medallari bilan taqdirlangan.