Prezident Shavkat Mirziyoyev “Uzbekistan GTL” zavodining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Qashqadaryoda bo’lib turgani haqida xabar bergandik.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident “Uzbekistan GTL” zavodi ochilish marosimining rasmiy qismida nutq so’zlamoqda.

“…Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi mamlakatimizda gaz-kimyo va polimer mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasi rivojiga minglab kichik sanoat korxonalarini barpo etishga asos bo‘ldi…

Bugun sizlar bilan birga, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini 3 barobarga kengaytirish bo‘yicha yana bir yangi majmuaga tamal toshini qo‘yamiz.

Ushbu yangi loyihaning qiymati 1,8 milliard dollarga teng bo‘lib, uni moliyalashtirish uchun Rossiya Gazprombanki, Yevropaning Doychebank, Landesbank kabi banklari, Xitoyning Davlat taraqqiyot banki va boshqa banklardan mablag‘lar jalb etiladi.

Ana shu ikkita yangi zavod hisobidan Sho‘rtan majmuasida respublikamizning birinchi yirik gaz-kimyo klasteriga asos solinadi”, dedi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev.