“Tolibon” harakati avtomobillarda musiqa qo‘yishni va ayollarning hijobsiz holatda avtomobil boshqarishini taqiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Foto: RIA novosti

“Islom diniga yo‘naltirish vazirligi Kabul News nashriga haydovchilarga musiqa qo‘ymaslik va hijobsiz ayollarni mashinaga o‘tqazmaslik haqida yozma tavsiya berilganini tasdiqladi”, — deyiladi kanalning Twitter’dagi sahifasida.

Shuningdek, toliblar Afg‘onistondagi to‘ylarda jonli musiqani taqiqlab, erkaklar va ayollar turli zallarda bayram qilishlari kerakligi aytilgan.

Ma’lumot uchun, “Tolibon” harakati 15-avgustdan 16-avgustga o‘tar kechasi Kobulni jangsiz o‘z nazoratiga olgandi.

Mamlakatning sobiq rahbari Ashraf G‘ani oilasi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida yashayotgani xabar qilingan. U hozirga qadar rasman iste’fo bermadi. Shu bilan birga, Afg‘onistonning sobiq birinchi vitse-prezidenti Amrulla Solih o‘zini prezident vazifasini bajaruvchi deb e’lon qilgan. U ham mamlakat tashqarisidan panoh topgan.