O‘zbekistonda talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til muddatining boshlanishi 25-dekabrga ko‘chirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Google

Ma’lum qilinishicha, talaba va o‘quvchilarga qo‘shimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryo‘l va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50 foizli chegirma bilan xarid qilish imtiyozi 25-dekabrdan e’tiboran qo‘llanishi belgilandi.

Shu munosabat bilan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 25 dekabrdagi 537-sonli buyrug‘iga asosan, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddatining boshlanishi ham 25 dekabrga ko‘chirildi.

“Sizga qishki ta’tilni mazmunli va maroqli o‘tkazishingizni tilab qolamiz!”, – deyiladi xabarda.