Shavkat Mirziyoev Uzbekistan GTL zavodi ochilish marosimining rasmiy qismida nutq so’zlamoqda. Jumladan, zavod imkoniyatlari haqida ham gapirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Majmuada yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo’lgan 1,5 million tonna tayyor suyuq mahsulotlar (aviakerosin, dizel yoqilg’isi, NAFTA, suyultirilgan gaz) tayyorlanadi.

Natijada yiliga 500 mln. dollarlik import o’rni qoplanadi, 200 mln. dollarlik eksport va 2 trln so’mlik soliq tushumlari ta’minlanadi”, dedi davlat rahbari.

Bunga asoslar quyidagicha:

  • U yerda chiqarilgan aviakerosin boshqa zavodlarnikiga nisbatan juda toza va sifatli, eng zamonaviy samolyotlarga mo’ljallangani uchun, unga hamisha talab yuqori;
  • Zavodda chiqariladigan dizel yoqilg’isi kamida yevro-6 standartlariga javob beradi, mintaqamizda bunday toza mahsulot ishlab chiqaradigan korxona umuman mavjud emas;
  • Natijada O’zbekistonda aviasiya xablarini tashkil qilish hamda yuk tashishda xizmat qiladigan yirik logistika kompaniyalarini rivojlantirish mumkin.