Hukumat qarori (773-son, 24.12.2021 y.) bilan Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (ho‘l pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Foto: Google

Nizomga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvargacha pillaning har kilogrammi uchun 5 ming so‘m subsidiya beriladi.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan har yili 20 iyulgacha respublikadagi pilla yetishtirish prognozlari ishlab chiqilib Moliya vazirligiga beriladi.

Moliya vazirligi prognoz asosida byudjetdan subsidiya ajratib Qo‘mitaga 1 fevralgacha o‘tkazib beradi.

Pillachilik klasterlari va tashkilotlari “Agropilla” MChJlar bilan subsidiya oluvchilar ro‘yxatini shakllantiradi va 25-fevralgacha Agentlikning hududiy boshqarmasiga beradi.

Hududiy boshqarma ro‘yxatni umumlashtirib 1-martgacha Qo‘mitaga yuboradi.

Qo‘mita 10-aprelgacha pullarni subsidiya oluvchilarga berish uchun maxsus hisobvaraqlarga o‘tkazadi.

Pillachilik klasterlari va tashkilotlari subsidiya oluvchilarga pullarni kartaga yoki bankdagi hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi.