Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Bu haqda O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi rahbari Mattias Klingenberg va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K. Karimov o‘rtasida mazkur loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

2021–2023 yillar davomida yengil sanoat yo‘nalishida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish bo‘yicha loyihaning grant mablag‘lari professional ta’lim muassasalariga yo‘naltirilishi ma’lum qilindi.

 Mazkur loyiha doirasida quyidagi natijalarga erishiladi:

  • professional ta’lim muassasalarida yengil sanoat yo’nalishi bo’yicha malakali o’rta bo’g’in mutaxassislar tayyorlash qo’llab-quvvatlanadi;
  • yengil sanoat yo’nalishidagi kasb va mutaxassisliklarning malaka talabi, o’quv reja va dasturlari takomilashtiriladi hamda metodik ta’minotni yaxshilanadi;
  • o’qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish tashkil etiladi;
  • professional ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi.