Yil boshidan beri O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 37,9 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumot berdi.

Foto: O’zA

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi tarkibida yuqori ulushga ega bo’lgan asosiy turlar:

Eksport – 15,5 mlrd. AQSh dollari:

  • Sanoat mahsulotlari – 4 mlrd;
  • Xizmatlar – 2,3 mlrd;
  • Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 1,2 mlrd;
  • Kimyoviy mahsulotlar – 1 mlrd;
  • Mineral yoqilg’ilar va moylash mahsulotlari – 821 mln;
  • Turli tayyor mahsulotlar – 708 mln;
  • Mashina va asbob-uskunalar – 617 mln;
  • Nooziq-ovqat mahsulotlari – 475 mln.

Import – 22,4 mlrd. AQSh dollari:

  • Mashina va transport asbob-uskunalari – 7,4 mlrd;
  • Sanoat mahsulotlari – 4,2 mlrd;
  • Kimyoviy mahsulotlar – 3,3 mlrd;
  • Oziq-ovqat mahsulotlari – 2,2 mlrd;
  • Xizmatlar – 1,5 mlrd;
  • Turli tayyor mahsulotlar – 1,2 mlrd;
  • Mineral yoqilgilar va moylash mahsulotlari -1,1 mlrd;
  • Nooziq-ovqat mahsulotlari – 1,1 mlrd.